Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Avgust 2020

Davaktiv agentligi ishtirokidagi 40 ta korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga oʻtkazilgan tanlov natijalari toʻgʻrisida eʼlon

Avval maʼlum qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 647-son qaroriga muvofiq, Davaktiv agentligi ishtirokidagi 40 ta korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi boʻyicha 201 nafar aʼzolik oʻrinlariga tanlov eʼlon qilingan edi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 605 ta talabgorlardan arizalar kelib tushgan, shundan, 139 tasi malaka talablariga mos kelmaganligi sababli rad etilgan va 466 tasi qabul qilingan.

Malaka talablariga mos kelgan 466 ta nomzodlarning arizalari ichidan:

  • 18 ta korxonalarning 99 ta aʼzolik oʻrinlariga kelib tushgan 281 ta arizalardan 99 nafar nomzodlar tanlab olindi (tanlov natijalari nomzodlarning shaxsiy kabinetlariga yuborildi);
  • 21 ta korxonalarning 97 ta aʼzolik oʻrinlariga 185 ta arizalar topshirilganligi, lekin har bir aʼzolik oʻrniga kamida 2 nafar nomzodlardan arizalar kelib tushmaganligi sababli ushbu 21 ta korxonalarning 97 nafar aʼzolik oʻrinlariga tanlov muddati joriy yil 9-sentyabrga qadar uzaytirildi;
  • 1 ta korxonaning, yaʼni “Oʻrta Osiyo trans” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi sotilganligi sababli 5 ta aʼzolik oʻrinlariga eʼlon qilingan tanlov toʻxtatildi.

Nomzodlarni saralash jarayonida oliy maʼlumotli, korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega, kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻl shaxslar, ularning malakasi, amaliy tajribasi, qonunchilikka oid, xususan korporativ sohasidagi bilimga ega boʻlgan nomzodlar zaruratga koʻra suhbatdan oʻtkazilib, tanlab olindi.

18 ta korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi boʻyicha tanlab olingan 99 nafar nomzodlarni aksiyador (taʼsischi)lar umumiy yigʻilishiga tavsiya etish va kuzatuv kengashlari tarkibiga kiritish boʻyicha davlat ishtirokidagi korxonalarga takliflar yuborildi.

482 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech