Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Yanvar 2023

Davaktiv agentligi tomonidan Singapurda “O‘zbekistonning xususiylashtirish dasturi" to‘g‘risida Taqdimot o‘tkazildi

Joriy yil 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Singapurga davlat tashrifi doirasida tashkil etilgan O‘zbek-Singapur biznes forumida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan “O‘zbekistonda xususiylashtirish va korporativ boshqaruv sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida Taqdimot o‘tkazildi.

Unda, Muvofiqlashgan harakatni ta'minlash Departamenti boshlig‘i Shoxruh Ohunov taqdimot bilan ishtirok etib, 200 dan ortiq Singapur ishbilarmon soha vakillariga O‘zbekistonda xususiylashtirish sohasida erishilgan natijalar, kelgusidagi istiqbolli rejalar, jumladan, savdoga chiqarilishi belgilangan davlat aktivlari va ushbu savdo jarayonlarida ishtirok etish tartiblari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, xususiylashtiriladigan yirik davlat korxonalari bo‘yicha investitsiya tizerlari tarqatildi.

Shu bilan birga, ko‘tarinki ruhda o‘tgan forum davomida Davaktiv agentligi direktori Akmalxon Ortikov Singapurning 50 dan ortiq biznes vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri G2B uchrashuvlarini o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan tushuntirish berilib, biznes vakillarini O‘zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlarida faol qatnashishga taklif etildi. Bunda, misol tariqasida Singapurning "Indorama Corporation Ltd." kompaniyasining mamlakatimizda olib borilayotgan xususiylashtirish jarayonida muvaffaqiyatli ishtiroki alohida taʼkidlandi. Shuningdek, tadbir qatnashchilari va OAV vakillari tomonidan berilgan bir qator savollarga batafsil javoblar berildi.

 

2119 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech