Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Fevral 2024

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligiga bagʻishlangan tadbir

Ayni kunlarda yurtimiz boʻylab oʻzbek sheʼriyati gulshanining ikki buyuk ustuni, shoir va mutafakkir, gʻazal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi hamda oʻzbek klassik adabiyotining ulkan namoyondasi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining 541-yillik tavallud ayyomlari keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Davlat aklivlarini boshqarish agentligi  tizimida ikki buyuk siymoning hayot yoʻli va ijodi haqida  “Navoiy – mangu barhayot” hamda “Bobur – tarixshunos va davlat arbobi” mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbir Davaktiv agentligi direktori oʻrinbosari Alisher Miraliyev boshchiligida, hamda Yuridik fanlari doktori, professor, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Feruza Muhiddinova ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Maʼruzachi aytib oʻtganidek, insonni komillikka yetaklovchi kuch ham, davlat va jamiyat taraqqiyoti ham ilm va maʼrifat bilandir. Navoiy ijodi ana shunday yuksak maqsadlar sari ilhomlantiradi, maʼnaviy qudrat baxsh etadi.

Alisher Navoiy ijodi va faoliyatiga oid barcha maʼlumotlar uning sivilizatsiyamiz tarixida turkiy tilning boshqa tillaridan ustun tomonlarini koʻrsatib, ona tilimizning boy imkoniyatlarini toʻliq ochib bergan buyuk olim sifatida biz uchun qadrlidir.

Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs boʻla turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qoʻshgan, ilm, fan, sanʼat rivojiga homiylik qilib, tinchlik va totuvlik hukm surishiga doim harakat qilgan. 

Zahiriddin Muhammad Bobur esa, turli hududlar va mintaqalarning, mamlakatlar va o'lkalarning, shaharlar va qishloqlarning siyësiy tarixi, ilm-fani, madaniyati, urf-odatlari bilan birga, ularning tabiati, xo'jaligi, joʻgʻrofiy o'rni, chegaralari, yaylovlari, togʻ va daralari, ko'l va daryolari, xilma-xil o'simliklari, mevalari, hayvonot dunyosi, yerusti va yerosti boyliklari, tili, savdo-sotiq ishlari bilan ham astoydil qiziqqan. Bularning hammasini o'zining qomusiy asari “Boburnoma”da bayon etgan.

Muzokaralarga boy tadbir soʻngida, Davaktiv agentligi tomonidan xodimlarning maʼnaviy boyligini sinash maqsadida tafakkur oʻyini oʻtkazildi. Mazkur oʻyin qiziqarli savol-javoblar baxsi sifatida oʻtib, 3 ta gʻolib aniqlandi va esdalik sovgʻalari topshirildi.

1229 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech