Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Oktyabr 2022

Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar kuzatuv kengashlariga xalqaro “Headhunter” kompaniyasi bilan hamkorlikda tajribali mustaqil a'zolar jalb qilinadi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda “Institusional salohiyatni oshirish (IBL)” loyihasi doirasida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar kuzatuv kengashlariga xalqaro tajribaga ega mustaqil a'zolarni jalb qilish hamda ijro organi rahbarligiga tayinlash uchun malakali va salohiyatli boshqaruvchilarning “TOP-100” zaxirasini shakllantirish yuzasidan o'tkazilgan xalqaro tender yakuniga ko'ra, Buyuk Britaniyaning “Strikitsa Consulting” Ltd. konsalting kompaniyasi jalb qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi PF-6096-son Farmoniga muvofiq davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibiga va korxonalar boshqaruviga xalqaro tanlov asosida chet ellik soha mutaxassislarini (jumladan, vatandoshlarni) faol jalb etish orqali kuzatuv kengashlari tarkibining kamida 30 foizini va korxona boshqaruvini malakali xalqaro mutaxassislar bilan to‘ldirish  belgilangan.

Shunga ko‘ra, ushbu vazifani ilg‘or xalqaro tajriba asosida amalga oshirish uchun proffessional konsalting kompaniyasini jalb qilish bo‘yicha Jahon banki tomonidan xalqaro tender e'lon qilingan edi.

Mazkur tanlov jarayonida, 4 nafar xalqaro professional konsalting kompaniyalardan, jumladan konsorsium shaklidagi, takliflar qabul qilinib, ularning sohadagi tajribasi, malakasi, belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlari va moliyaviy taklifi asosida saralash natijada, “Strikitsa Consulting” Ltd. konsalting kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan taklif eng maqbul deb topildi.

Ushbu xalqaro “Headhunter” kompaniyasi tomonidan korxonalar to‘g‘risidagi tahliliy ma'lumotlar o‘rganiladi va kuzatuv kengashi tarkibini tahlil qilish asosida professional soha mutaxassislari kuzatuv kengashlarining mustaqil a'zoligiga jalb qilinadi.

Shu bilan birga, “Headhunter” kompaniyasi davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv faoliyatiga munosib “TOP-100” nafar sohada muvaffaqiyatga erishgan, malakali va salohiyatli boshqaruvchilar (menedjerlar) zaxirasini shakllantiradi.

Ushbu vazifalar davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlarining samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan.

1640 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech