Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Dekabr 2022

“O‘zagroeksportbank” ATB ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalar paketi xususiylashtirilganligi yuzasidan axborot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 - 2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” 2020 yil 12 maydagi PF–5992-son Farmoni doirasida O‘zagroeksportbank” ATB ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiya paketlarini xususiy sektorga sotish ko‘zda tutilgan.

“Support Level” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan “O‘zagroeksportbank”  ATB ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalar paketini 5,0 mln. AQSh dollar miqdordagi sotib olish to‘lovini bir yo‘la to‘lab berishbankning ustav kapitalini 29 mlrd. so‘mdan kam bo‘lmagan qiymatga oshirish hamda bankning infratuzilma, texnologiya va mahsulotlarini rivojlantirishga kamida 50 mln. AQSh dollar investitsiya kiritish sharti bilan sotib olish taklifi to‘g‘risidagi murojaati kelib tushgan.

O‘zagroeksportbank” ATB ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiya paketlarini xususiylashtirishga avval jalb etilgan “Grant Thornton” xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan O‘zagroeksportbankning 2019 yil dekabr oyidan buyon “kredit operatsiyalari” to‘xtatilganligi sababli kredit portfeli 2022 yil 1 dekabr holatiga 6,1 mlrd. so‘m tashkil etib, bunda muammoli kreditlar ulushi o‘ta yuqoriligini, bankning ayni davrdagi holatiga umumiy zarari 31 mlrd. so‘mni tashkil etganligi natijasida jami sof aktivlari qiymati 50 mlrd. so‘mligi qayd etilgan.

Shuningdek, O‘zagroeksportbank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank nazoratiga oid iqtisodiy normativlar bajarilmaganligi, aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi yetarli miqdorda zaxiralar shakllantirilmaganligi, kredit hujjatlarini rasmiylashtirishda belgilangan tartiblarga to‘liq amal qilinmaganligi, shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq  tijorat banklari ustav kapitali miqdoriga qo‘yilgan talablar bajarilmaganligi (ustav kapitali 29 mlrd. so‘mga kam shakllantirilgan) yuzasidan ogohlantirilgan.

Shunga ko‘ra, “Grant Thornton” xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan bankning faoliyatini nafaqat saqlab qolish, balki uni rivojlantirishga qaratilgan “Support Level” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan bildirilgan taklifi narx va boshqa shartlar bo‘yicha oldingi taklifdan yaxshiligini hisobga olgan holda, mazkur taklifni qabul qilish tavsiya etilgan.

“Support Level” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasining O‘zagroeksportbank ustav kapitalidagi 100 foiz aksiyalar paketini 5 mln. AQSh dollar miqdordagi sotib olish to‘lovini bir yo‘la to‘lab berish, bankning ustav kapitalini 29 mlrd. so‘mdan kam bo‘lmagan qiymatga oshirish hamda bankning infratuzilma, texnologiya va mahsulotlarini rivojlantirishga kamida 50 mln. AQSh dollar investitsiya kiritish sharti bilan sotib olish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar bilan maʼqullangan.

Shu munosabat bilan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Support Level” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi bilan muzokaralar olib borildi va “O‘zagroeksportbank” ATB ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalar paketini sotib olish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi (Bitim) imzolandi. “O‘zagroeksportbank” ATB aksiyalari fond birjasining kotirovkalash varag‘idan qonunchilikda belgilangan tartibda chiqarildi va bankning ustav kapitalidagi 100 foiz aksiya paketlari birjadan tashqari tartibda sotildi.

Mazkur Bitimning amalga oshirilishi ilg‘or xalqaro tajriba va axborot texnologiyalarni jalb qilish hisobiga bank xizmatlari ommabopligining oshirilishiga, yangi bank xizmatlarini joriy etilishiga hamda bank sektorida raqobat muhitini rivojlantirishiga xizmat qiladi.

Maʼlumot uchun: “O‘zagroeksportbank” ATB ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiya paketlarini xususiylashtirishning avvalgi jarayonlari bo‘yicha Davaktiv agentligining rasmiy Veb saytida eʼlonlar berilgan.

2249 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech