Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Oktyabr 2022

“Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonida majburiyatga ega boʼlmagan takliflarni qabul qilish muddati uzaytirilganligi toʼgʼrisida eʼlon

Davaktiv agentligining joriy yil 14 sentabrdagi “Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasining (Mehmonxona) xususiylashtirish jarayonlarining Majburiyatga ega boʼlmagan taklif (NBO) qabul qilish bosqichi yuzasidan berilgan eʼloniga muvofiq quyidagilarni maʼlum qilinadi.

Davaktiv agentligi ushbu bosqichda ishtirok etayotgan koʼplab talabgorlarni murojaatiga asosan hamda xususiylashtirish boʼyicha xalqaro konsultant KPMG kompaniyasining tavsiyasiga muvofiq Mehmonxonani sotib olish narxi boʼyicha indikativ majburiyatga ega boʼlmagan (NBO) takliflarini taqdim etish muddati 2022 yil 14 oktabr kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Majburiyatga ega boʼlmagan takliflarni qabul qilish muddatining uzaytirilganligi, barcha talabgorlarni Mehmonxonani xoʼjalik va moliviy holatini chuqur oʼrganish hamda jarayon ishtirokida takliflarni tayyorlashga imkoniyat yaratishga, shuningdek sotish jarayonlarini yanada raqobat muhitida oʼtkazishga qaratilgan.

Mehmoxonani xususiylashtirish jarayonlarining majburiyatga ega boʼlmagan takliflarni (NBO) qabul qilish bosqichi toʼgʼrisidagi avval chop etilgan eʼlonning qolgan barcha bandlari oʼzgarishsiz qolmoqda.

Qoʼshimcha maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

1502 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech