Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Oktyabr 2023

O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

Davaktiv agentligida O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda tizimning barcha xodimlari qamrab olindi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Rohila Abdullayeva hamda shu universitetning katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Yulduz Abduhakimovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Til – hayotning boshlanishi! Til – har bir millatning ruhi! Buyuk ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini aytgani, xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biri ekanligiga urg‘u berildi. Davlat rivojlanishi bilan davlat tili ham rivojlanadi. Xalq mustaqilligining asosiy belgisi – bu ona tili va milliy madaniyati. Dunyoning barcha davlatlari o‘z ona tillarini asrab-avaylashga intilishadi, shuning uchun har qanday davlat o‘zining madaniy merosi va ona tilini alohida hurmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek,  ma’ruzachilar “O‘zbek tilining paydo bo‘lish tarixi va rivojlanish bosqichlari”, “Yurtimizda o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirish”, “Davlat tilini rivojlantirish, vazirlik va idoralarda ish yuritishni to‘liq davlat tilida tashkil qilish” mavzulariga ham to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda xodimlar tomonidan berilgan savollarga aniq misollar orqali javoblar qaytarildi. 

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir yakunida mehmonlarga Davaktiv agentligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

1038 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech