Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Mart 2023

Davaktiv agentligi tomonidan Germaniya ishbilarmon soha vakillari uchun “Oʻzbekistonning xususiylashtirish dasturi" toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazildi

Joriy yilning 28 fevral - 3 mart kunlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib, tashrif doirasida Berlin va Gamburg shaharlarida tashkil etilgan Germaniya-Oʻzbekiston hamda “Gamburgda Oʻzbekiston iqtisodiyoti kuni” biznes forumlarida ishtirok etdi.

Unda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortikov taqdimot bilan ishtirok etib, 250 dan ortiq Germaniya ishbilarmon soha vakillariga Oʻzbekistonda xususiylashtirish sohasida erishilgan natijalar, kelgusidagi istiqbolli rejalar, jumladan, savdoga chiqarilishi belgilangan davlat aktivlari va ushbu savdo jarayonlarida ishtirok etish tartiblari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi. Shuningdek, xususiylashtiriladigan yirik davlat korxonalari boʻyicha investitsiya tizerlari tarqatildi.

Shu bilan birga, koʻtarinki ruhda oʻtgan forum davomida Akmalxon Ortikov Germaniyaning 50 dan ortiq biznes vakillari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri G2B uchrashuvlarini oʻtkazdi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan tushuntirish berilib, biznes vakillarini Oʻzbekistondagi xususiylashtirish jarayonlarida faol qatnashishga taklif etildi. Shuningdek, tadbir qatnashchilari va OAV vakillari tomonidan berilgan bir qator savollarga batafsil javoblar berildi.

 

Oʻz navbatida, tashrif davomida, Germaniya Federal Moliya vazirligining Departament boshligʻi doktor Andreas Kerst, Germaniyaning “Mangold Consulting GmbH” kompaniyasi raisi, professor Klaus Mangold hamda Indicon Consulting GmbH kompaniyasi  vakili  Mathias Nehm bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, unda, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, jumladan xususiylashtirish va korporativ boshqaruv sohasida Agentlik hodimlarining institutsional salohiyatini oshirish boʻyicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

1969 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech