Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Oktyabr 2022

Baholovchilarga toifalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berilishi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga baholovchilarga toifalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2022 yil 4 oktyabrdagi 564-sonli qarori qabul qilinib, unga muvofiq

  • baholovchilar toifa guvohnomalarini olish uchun joylardagi Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizalar (xujjatlar to‘plami) taqdim etishi;
  • Davaktiv agentligi talabgorlarga oid tegishli ma'lumotlarni vazirlik va idoralar bilan integratsiya qilingan elektron tizim orqali so‘rab olishi;
  • birinchi marta baholovchi toifasini olish maqsadida hujjatlarini topshirgan talabgorlar uchun baholash to‘g‘risidagi hisobotlar bo‘yicha ekspert xulosalarining mavjudligi talabi qo‘llanilmasligi;
  • talabgorlar tomonidan hujjatlar to‘plami to‘liq taqdim etilmagan holat aniqlanganda, ularga o‘n ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni qayta taqdim etish imkoniyati berilishi;
  • baholovchilarga toifa berishda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va qog‘oz ishini qisqartirish maqsadida toifa guvohnomalari QR-kod orqali rasmiylashtirilishi va ularni davlat xizmatlari orqali berilishi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

1626 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech