Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Sentyabr 2024

“International” mehmonxonasini xususiylashtirish boʻyicha Majburiyatga ega boʻlmagan takliflarni (NBO) qabul qilish muddati uzaytirildi

Davaktiv agentligining joriy yil 19-avgustdagi “International” mehmonxonasi (keyingi oʻrinlarda – Mehmonxona)dagi davlat ulushini sotib olish narxi boʻyicha Majburiyatga ega boʻlmagan takliflarni (NBO) joriy yil 13-sentabrga qadar qabul qilish toʻgʻrisidagi eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davaktiv agentligi talabgorlarni majburiyatga ega boʻlmagan tijorat takliflarini puxta tayyorlashda aktivni moliya-xoʻjalik faoliyatini, texnik holatini kompleks tahlil qilish uchun qoʻshimcha muddat berish boʻyicha murojaatlariga muvofiq xususiylashtirish boʻyicha konsultant Deloitte kompaniyasining tavsiyasiga asosan, barcha talabgorlarga Mehmonxonani sotib olish narxi boʻyicha Majburiyatga ega boʻlmagan takliflarni (NBO) qabul qilish muddatini joriy yilning 26-sentabr kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Mehmonxonani xususiylashtirish jarayonlarining Majburiyatga ega boʻlmagan takliflarni (NBO) qabul qilish bosqichi toʻgʻrisidagi avval chop etilgan eʼlonning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.

Qoʻshimcha maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

5806 Chop etish