Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Oktyabr 2022

“UZ-DONGJU PEINT KOMPАNI” MChJ QK ustav kapitalidagi 50,0 foiz ulushning sotish jarayoni boshlanganligi to'g'risida e'lon

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʼrinlarda “Аgentlik” yoki “Sotuvchi”) “UZ-DONGJU PEINT KOMPАNI” MChJ QK (keyingi oʼrinlarda - “Korxona” yoki “Aktiv”) ustav kapitalidagi 50 foiz ulushini muzokaralarga ommaviy taklif etish yoʼli bilan sotish (keyingi oʼrinlarda – “Bitim”) rejasini eʼlon qiladi.

"Rezolut" konsalting kompaniyasi va "Dentons Tashkent" advokatlik firmasi konsortsiumi ushbu Bitim boʼyicha Аgentlikning maslahatchisi vazifasini bajaradi.

Korxona toʼgʼrisida qisqacha maʼlumot

Korxona 1995 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq tashkil etilgan boʼlib, 1999 yildan boshlab avtomobil lak-boʼyoqlari va avtomobillarga rezina jipslovchi qismlar ishlab chiqarishni boshlagan.

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 7,5 ming tonna avtomobil lak boʼyoq mahsulotlarini (40 dan ziyod turda), 4,0 ming tonna qurilish va sanoat lak-boʼyoqlari mahsulotlarini (20 turdagi) hamda 240 ming tonna rezina jipslovchi qismlarini tashkil etadi.

Korxonaning asosiy ishlab chiqarish quvvati Andijon shahrida 4,8 gektar maydonda joylashgan, qoʼshimcha ravishda Korxonaning Аndijon viloyatidagi savdo markazlarida ta tijorat doʼkonlari, chorvachilik yordamchi xoʼjaligi hamda Аndijon tumanidagi qishloq xoʼjaligi ozuqa mahsulotlarini yetishtirishga moʼljallangan 25,4 gektar yer maydoni, Аndijon viloyatining Xonobod shahrida 2,0 gektar maydondagi bogʼ hududi, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida koʼchmas mulk hamda Toshkent viloyati Boʼstonliq tumanidata dam olish uylari mavjud.

Korxona respublika boʼylab 22 ta rasmiy dillerlik markazlari orqali isteʼmolchilarni 80 turdagi yuqori sifatli mahsulotlar bilan taʼminlaydi. 300 ga yaqin malakali ishchilar mavjud.

Bitimni amalga oshirish jarayoni

Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar (keyingi oʼrinlarda – Talabgorlar) uchun ochiq boʼlgan takliflarni taqdim etishning raqobatga asoslangan jarayoni orqali tashkil etilgan.

Jarayon, manfaatdor tomonlardan dastlab, sotib olish boʼyicha qiziqish bildirish toʼgʼrisidagi arizalarini (Express of interest) qabul qilish, soʼng majburiy boʼlmagan takliflar (NBO), undan keyin majburiy boʼlgan takliflarni (BO) qabul qilish va bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan keyingi muzokaralarni oʼtkazishdan iborat.

Hozirda, Talabgorlar quyidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan ariza xati orqali oʼz qiziqishlarini bildirishlari (keyingi oʼrinlarda - “Qiziqish bilidirish arizasi”) soʼraladi:

  1. Davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnomaning nusxasi;
  2. Oxirgi 2 yil uchun audit qilingan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot;
  3. Barcha aktsiyadorlar/ishtirokchilar (va ularning egalik ulushlari) va yakuniy benefitsiarlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar. 

Qiziqish bildirish taklifi Talabgorning xohishiga koʼra oʼzbek, ingliz, yoki rus tillarida tayyorlanishi mumkin.

Аrizalar va unga ilova qilingan hujjatlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi hamda natijalari boʼyicha keyingi bosqichlar toʼgʼrisida Talabgorlar shaxsan xabardor qilinadi:

  • Xaridorning aktsiyadorlari/ishtirokchilari va oxirgi benefetsiarlariga nisbatan jinoyat ishi va/yoki tergov harakatlari oʼtkazilmaganligini, shuningdek, xaridorning mansabdor shaxslarining nomlari soxta tadbirkorlar va bankrotlarning xalqaro roʼyxatlarida va Oʼzbekiston Respublikasining shu kabi roʼyxatlarida yuqligi;
  • Talabgorning АQSh, Yevropa Ittifoqi va MDH mamlakatlari hukumatlari tomonidan sanktsiyalar qoʼllangan kompaniyalar roʼyxatlariga kiritilmaganligi;
  • “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʼin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining 660-II-sonli Qonuniga (2019 yil 15 yanvardagi tahririda) rioya qilish.

Аktivni sotib olish boʼyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichidan muvafaqqiyatli oʼtgan talabgorlarga xususiylashtirish jarayonlarining kelgusi Majburiyatga ega boʼlmagan taklif (NBO) qabul qilish bosqichida ishtirokini tasdiqlash uchun, ushbu talabgorlar bilan Аxborotlarni oshkor etmaslik toʼgʼrisidagi bitim (NDA)ni imzolash taklif etiladi, soʼngra ularga xalqaro maslahatchi tomonidan tayyorlangan Kompaniyani sotib olish narxi boʼyicha indikativ majburiyatga ega boʼlmagan takliflarni tayyorlash uchun zarur boʼlgan axborotni oʼz ichiga olgan dastlabki maʼlumotlar toʼplami (Information Memorandum) bilan tanishish imkoniyati beradigan Virtual maʼlumotlar xonasi (VDR)ga kirish imkoniyati beriladi.

Talabgorlar Qiziqish bildirish taklifi koʼrinishida arizalarni topshirishning oxirgi muddati 2022 yilning 10 noyabr kuni (Toshkent vaqti bilan) soat 18:00gacha.

Аrizalar quyidagi elektron manzillarga yuborilishi lozim: m.eshmirzayev@rezolut.uz va info@rezolut.uz.

Аriza topshirish jarayoni barcha Ishtirokchilar uchun ochiq.

Diskleymer:

Аgentlik sotish jarayonining ketma-ketligini oʼzgartirish yoki potentsial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokar olib borishni rad etish huquqini oʼzida saqlab qoladi.

Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʼlgan Аgentlik, Korxona va Rezolut kompaniyasining Korxonaning ulushini sotish bilan bogʼliq biror bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Аgentlik oʼz xohishiga koʼra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʼz zimmalariga olmasdan:

(i) Аrizalar berish muddatiga oʼzgartirish kiritish;

(ii) Har qanday sababga koʼra sotish jarayonini toʼxtatish; va/yoki

(iii) Istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan har qanday potentsial xaridor(xaridorlar) bilan Bitimga taalluqli boʼlgan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini oʼzida saqlab qoladi.

2420 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech