Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Noyabr 2023

Bir nechta baholovchilar malaka sertifikatlarining amal qilishi muddatidan oldin tugatildi

Respublikada baholash faoliyatini amalga oshirish uchun zarur qonuniy-huquqiy baza shakllantirildi hamda baholovchining malaka sertifikatini berish tizimi sezilarli darajada soddalashtirildi va litsenziya olish tartibi bekor qilindi.

Ayni vaqtda baholovchi tashkilotlarning amaliy faoliyati oshib borayotgan zamonaviy talablarni qoniqtirmayapti. Baholash ishlari bir qator hollarda yuzaki va past professional darajada oʻtkazilmoqda, xususiylashtiriladigan obyektlar va ulushlarning haqiqiy bozor qiymatini aniqlanishi va koʻrsatiladigan xizmatlarning sifati uchun baholovchi tashkilotlarning zarur darajadagi masʼuliyati taʼminlab berilmayapti.

Natijada hududlarda savdoga chiqarilayotgan bir qator davlat aktivlari sotilmay qolmoqda va/yoki narxi pasaytirilgandan soʻnggina sotilmoqda.

Davaktiv agentligi tomonidan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari va baholovchilar ishtirokida Surxondaryo viloyatidagi baholangan obyektlar boʻyicha baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar tanlov asosida koʻrib chiqildi va tahlil qilindi.

Oʻz navbatida, Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari tomonidan oʻz aʼzolariga baholash ishlarini professional darajada oʻtkazilishi va koʻrsatiladigan xizmatlarning sifati uchun baholovchi tashkilotlarning masʼuliyati yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Yuqoridagilardan va o’tkazilgan tahlillardan kelib chiqib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 13-noyabrdagi buyrugʻiga asosan, quyidagi baholovchilarning oʻz arizalariga koʻra malaka sertifikatlarining amal qilishi muddatidan oldin tugatildi va ushbu baholovchilar baholovchilar reyestridan chiqarildi:

 

 

Malaka sertifikatiga ega boʻlgan baholovchining
F.I.Sh.

Baholovchi faoliyat yuritayotgan baholovchi tashkilot nomi

Baholovchi malaka sertifikati raqami va berilgan sana

Baholovchi faoliyat yuritadigan tashkilot aʼzo boʻlgan jamoat birlashmasi

1.

Yo‘ldoshev Rustam

“Surxondaryo baholash va konsalting markazi” MChJ
(Surxondaryo viloyati)

0072-son, 14.10.2019-yilda berilgan

Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi

2.

Abdullayev Olim Shaydullayevich

“Termiz Asl Baho” MChJ
(Surxondaryo viloyati)

1217-son, 29.07.2021-yilda berilgan

3.

Vaxobov Abdurasul Ziyotovich

“Denov–holis baho” MChJ
(Surxondaryo viloyati)

0226-son, 27.07.2019-yilda berilgan

4.

Turayev Ravshan Mamaziyayevich

“Sifat baholash” MChJ
(Surxondaryo viloyati)

0961-son, 17.09.2021-yilda berilgan

 

Avval maʼlum qilinganidek, mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritadigan 7 ta baholovchining malaka sertifikatlarining amal qilishi muddatidan oldin tugatilgan va ular baholovchilar reyestridan chiqarilgan.

Shu bilan birga, baholash xizmatlari bozorining rivojlanishi uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, baholovchi tashkilotlar xizmatlarining ahamiyatini oshirish hamda amalga oshirilgan baholash ishlarining natijalari va xolisligi uchun javobgarlikni kuchaytirish va shu orqali tadbirkorlik tuzilmalari tomonidan ularga nisbatan ishonchni oshirish maqsadida:

  • PricewaterhouseCoopers (PWC) xalqaro konsalting kompaniyasi tavsiyalaridan kelib chiqib, baholashning xalqaro standartlari tamoyillari asosida yagona yondashuvni va bozor konyunkturasini hisobga olishni taʼminlaydigan “Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti”ning yangi tahriri ishlab chiqildi va bugungi kunda Adliya vazirligidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilmoqda;
  • Baholash sohasidagi eng yaxshi xalqaro tajribani oʻrgangan holda, baholash faoliyati sohasida oʻzini-oʻzi boshqarish mexanizmlarini hamda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining yangi tahriri loyihasi ishlab chiqildi.
964 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech