Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

27 Aprel 2023

Davaktiv agentligi “Ohangaronshifer” AJ Bosh direktori lavozimiga nomzod tanlash boʻyicha tanlov eʼlon qiladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qonunchilik talablariga asosan Toshkent viloyatidagi “Ohangaronshifer” AJ Bosh direktori lavozimiga nomzod tavsiya etish uchun tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi fuqorolari xamda chet el davlatlari fuqorolari ishtirok etishi mumkin.

Jamiyat Bosh direktori lavozimiga nomzod tanloviga malakaviy talablar

I. Nomzodlarga quyiladigan umumiy talablar:

  • iqtisodiyot, texnik yoki muhandis-iqtisodchi yoxud yuridik mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;
  • rahbarlik lavozimlarida, shu jumladan, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi rahbarlik (direktor, direktor oʻrinbosari, bosh muhandis, bosh mexanik, boʻlim/sex boshligʻi) lavozimlarida kamida 3 (uch) yillik ish stajiga ega boʻlish;
  • texnologik va avtomatlashtirilgan, shu jumladan, shifer ishlab chiqarish asbob-uskunalarini ishlatish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar;
  • ishni tashkil qilish va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish boʻyicha zamonaviy bozor koʻnikmalarini va shakllarini tadbiq etish bilimlariga ega boʻlish;
  • iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlangan sudlanganlikka ega boʻlmagan shaxslar
  • iqtisodiyot va/yoki boshqaruv sohasidagi jinoyatlari uchun sudlanganligi tugallanmaganligi mavjud boʻlmaslik;
  • yuridik shaxs bankrot deb eʼtirof etilgan paytda va eʼtirof etilgan paytdan boshlab ikki yil oʻtgan boʻlsa, yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajarmagan yoki kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirmagan shaxslar;
  • yuksak muomila madaniyatiga, intizomlilik, talabchanlik va prinsipiallikka ega boʻlish.

II. Til bilish:

Rezidentlar uchun:

oʻzbek tili – erkin muloqot, rus tili, ingliz va/yoki nemis tillari – olqishlanadi.

Norezidentlar uchun:

rus tili – erkin muloqot, oʻzbek, ingliz va/yoki nemis tili – olqishlanadi.

III. Kompyuter bilimdonligi:

MS Office – ishonchli foydalanish.

Xizmat majburiyatlari:

  • Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish, uning samarali va barqaror – doimiy va daromadli ishlashini taʼminlash;
  • Jamiyat biznes-rejalarining va rivojlanish dasturlarining ishlab chiqilishini tashkil qilish hamda ularning soʻzsiz bajarilishini nazorat qilish ishlariga rahbarlik qilish;
  • Jamiyatning moliyaviy-xoʻjalik holatini yaxshilash, shartnomaviy majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish;
  • Jamiyatda tomonidan ishlab chiqarishni rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
  • Ishchilarning mehnat sharoitining xavfsizligini va ijtimoiy himoyalanish kafolatlarini taʼminlash;
  • Soliqlar va davlat byudjetiga boshqa toʻlovlar, davlat maqsadli fondlari, ish haqi va dividendlar boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida bajarish hamda biznes-rejaning asosiy parametrlari bajarish
  • Amaldagi qonunchilik hamda jamiyatning ichki meʼyoriy hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilish.

Ishning asosiy shartlari:

Ish tartibi: 5/2, soat 8:00 dan 18:00 gacha. Doimiy.

Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi boʻyicha rasmiylashtiriladi.

Ish haqi: Shtatlar jadvaliga muvofiq, jamiyat Nizomi va bozor mexanizmlari (shu jumladan KPI natijalari) asosida toʻlanadigan mukofot pullari hisobga olingan holda.

Tanlovning asosiy sharti:

Nomzodlar tomonidan bir xil miqdordagi ball olinganda – ustunlik xorijiy menejerga beriladi.

Tanlovga hujjat topshirish tartibida:

Talabgorlar tanlovda qatnashish uchun quyidagi xujjatilarni taqdim qilish zarur:

  1. Oʻz qoʻli bilan yozilgan ariza;
  2. Avtobiografiya (batafsil koʻrsatilsin);
  3. Kasbiy maʼlumotni, ish staji va malakasini tasdqlovchi xujjatlar, sertifikatlar;
  4. Mexnat daftarchasi nusxasi;
  5. Aloqa uchun maʼlumotlar;
  6. Fotosurat 3x4 – 4 dona.

Tanlov xujjatlarini topshirishlarining oxirgi muddati – eʼlon berilgan sanadan 15 kun.

Tanlov oʻtkazish muddati — tanlovga xujjatlarini qabul qilish muddati tugagandan soʻng 5 ish kuni davomida oʻtkaziladi.

Tanlov takliflari va hujjatlar yopiq konvertlarda va konvertning ustki qismida tanlovda ishtirok etuvchi nomzodning tanlovda ishtirok etish uchun arizasi ilova qilingan holda taqdim qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish manzili Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi 6-uy, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining binosi.

Hujjatlarni qabul qilish muddatining tugashi: 2023-yil 10-may, soat 18-00.

Belgilangan muddatlardan keyin yuborilgan takliflar  tanlovda ishtirok etmaydi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun quyidagiga murojaat etishingiz mumkin:

  • F. Qarayev, +99871-259-20-84
1948 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech