Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Noyabr 2022

"Universal Mobile System" MCHJni xususiylashtirish jarayoniga konsultant jalb etish bo‘yicha xalqaro tanlovda “KPMG” kompaniyasi g‘olib deb topildi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, avval xabar berilganidek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Universal Mobile Systems MCHJning ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi (keyingi o‘rinlarda – UMS, Aktiv)ni xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini jalb qilish yuzasidan xalqaro tanlov eʼlon qilingan.

Mazkur xalqaro tanlovda 10 ta mahalliy va xalqaro professional konsalting kompaniyalari ishtirok etdi.

Ushbu professional kompaniyalar, telekommunikatsiya sohasida M&A loyihalaridagi tajribasi, malakasi, belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlari va narx taklifi asosida saralandi.

Xalqaro tanlov natijalariga ko‘ra, faoliyat sohasidagi amalga oshirgan yuqori darajadagi M&A loyihalari, loyiha doirasida jalb qilinadigan professional komandasining malakasi hamda eng maqbul narx taklifini bildirgan KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi tanlov g‘olibideb topildi.

Davaktiv agentligi KPMG xalqaro kompaniyasi bilan yaqin hamkorlikda mazkur loyihani raqobat tamoyillariga asoslangan shaffof va muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi, jumladan telekommunikatsiya bozori tahlili (Market analysis) o‘tkaziladi, birlamchi bozor holati (Market sounding) o‘rganiladi, Aktiv bo‘yicha har tomonlama moliya, soliq, yuridik, texnik kompleks tahlil (due diligence) qilinadi hamda investitsion jozibadorligini oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

Aktivni baholash jarayoniga uning nufuzi va xalqaro tan olinishi nuqtai nazaridan Katta to‘rtlikka kiruvchi (Big 4, KPMGdan tashqari) xalqaro professional mustaqil baholovchi kompaniyasi tanlov asosida jalb etiladi.

Konsultantning Aktivni dastlabki o‘rganish natijalari va jarayonni tashkil etish bo‘yicha takliflari asosida qisqa muddatlarda Aktivni sotib olishga arizalarni qabul qilish jarayoni va muddatlari eʼlon qilinadi.

Universal Mobile Systems MCHJ mahalliy telekommunikatsiya bozorida salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan nufuzli kompaniya bo‘lib, “Mobiuz” savdo belgisi ostida zamonaviy mobil ovozli aloqa va mobil Internetga ulanish xizmatlarini taqdim etadi.

Maʼlumot uchun, 2021 yil yakunlari bo‘yicha UMS kompaniyasining abonentlari soni – 6,6 millionniuyali aloqa xizmatlari bozoridagi ulushi – 20 foiz atrofida, daromadlari – 1,1 trln. so‘mni, sof aktivlari hajmi – 1,4 trln. so‘mni va sof foydasi – 97 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Mazkur Loyiha O‘zbekistonning xususiylashtirish tarixida davlat tasarrufidagi mobil aloqa kompaniyasining raqobatga asoslangan oshkora savdoning birinchi jarayoni bo‘lishi kutilmoqda.

Davaktiv agentligi KPMG xalqaro kompaniyasi bilan birgalikda xususiylashtirish jarayonini ochiq, shaffof, xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etishning barcha choralarini ko‘radi, jarayonning har bir bosqichi to‘g‘risida ommaga axborot berib borilishini taʼminlaydi.

2851 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech