Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Dekabr 2022

“Orion Capital Group” kompaniyasi “Qizilqum Fosforit Kompleksi” MChJni xususiylashtirish jarayoniga konsultant sifatida jalb qilindi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan “Qizilqum Fosforit Kompleksi” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini (keyingi o‘rinlarda - Aktiv) xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini jalb qilish yuzasidan xalqaro tanlov e'loniga muvofiq quyidagilar ma'lum qilinadi.

Mazkur tanlov jarayonida 5 ta mahalliy va xalqaro professional konsalting kompaniyalardan takliflar qabul qilinib, ular fosforit konsentrati va fosfor uni ishlab chiqarish bozorini tahlil qilishi, mazkur sohada amalga oshirilgan xususiylashtirish tajribasi, malakasi, belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlari va narx taklifi asosida saralandi.

Saralash natijasida, faoliyat sohasida amalga oshirgan yuqori darajadagi loyihalari, loyiha doirasida jalb qilinadigan professional komandasining malakasi hamda eng maqbul narx taklifini bildirgan “Orion Capital Group” xalqaro konsalting kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida tayinlandi.

Davaktiv agentligi “Orion Capital Group” xalqaro kompaniyasi bilan birgalikda xususiylashtirish jarayonini ochiq, shaffof va xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etishning barcha choralarini ko‘radi hamda jarayonning har bir bosqichi to‘g‘risida ommaga axborot berib borilishini taʼminlaydi.

1972 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech