Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Oktyabr 2022

“UZPAYNET” MChJni xususiylashtirish jarayonlarining majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarni (NBO) qabul qilish muddatining kechiktirilishi to‘g‘risida axborot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yil 8 avgust kuni “UZPAYNET” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi boshlanganligi va 4 oktyabr kuni davlat ulushini sotib olish narxi bo‘yicha majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarni (NBO) qabul qilish bosqichi boshlanganligi yuzasidan e'lonlar chop etilgan.

Avval ma'lum qilinganidek, ABRAU CAPITAL va CENTIL konsorsium kompaniyalari ushbu Bitim yuzasidan xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi sifatida jalb etilgan.

“UZPAYNET” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayonlarida konsultant tomonidan Jamiyatning soliq, huquqiy, moliyaviy va ekologik chuqur tahlillarini (due diligence) o‘tkazish davomida qo‘shimcha ravishda aniqlik kiritilishi zarur bo‘lgan holatlar yuzaga kelganligi munosabati bilan, talabgorlarning majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarini (NBO) qabul qilish muddati kechiktiriladi.

O‘z navbatida, savdo jarayonlarining ushbu bosqichida ishtirok etayotgan talabgorlarga xususiylashtirish bo'yicha maslahatchi tomonidan jarayon yuzasidan individual xat (Process Letter) yuboriladi.

Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayonining shaffofligini, ochiqligini va teng raqobat muhitini ta'minlashning barcha choralarini ko‘radi va uning kelgusi bosqichi to‘g‘risida axborot berib boradi.

Ma'lumot uchun: ushbu sotish jarayoni bo‘yicha avvalgi chop etilgan e'lonlarda Davaktiv agentligi va uning maslahatchisi sotish jarayonining muddatiga o'zgartirish kiritish hamda to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qolishi qayd etilganligi eslatib o‘tiladi.

2157 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech